The New York Times xabar berishiga ko‘ra, AQSh Yaqin Sharqqa o‘zining eng kuchli aviatashuvchisi USS Gerald R. Fordni yo‘naltirishga qaror qilgan. Shunday qilib, USS Abraham Lincoln va USS George H.W. Bush bilan birga aviatashuvchilar soni uchtaga yetadi.
Uchta aviatashuvchi birgalikda 200 dan ortiq zarba beruvchi samolyotlarni olib yurishi mumkin. Undan tashqari vertolyotlar, razvedkachi va zarba beruvchi dronlar, “tomogavk” raketalari, harbiy va suv osti kemalari bo‘ladi.
Lekin bularning barchasi Eron ustidan g‘alaba qozonish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin, deydi harbiy muxbir Aleksandr Kos. Chunki Vyetnamdagi urush vaqtida AQSh bir vaqtning o‘zida 6-7ta avitashuvchidan foydalangan. 1991 yil Iroqqa hujum qilish vaqtida AQSh 6ta aviatashuvchidan foydalangan.