The Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, ular orasida Qo‘shma Shtatlarning keng ko‘lamli bombardimon paytida rejim ob’ektlari va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga zarba berishni nazarda tutuvchi “katta reja” ham bor.
Cheklangan variantlarga rejimning ramziy nishonlariga zarbalar kiradi. Bu esa Eron Trampni qoniqtiradigan kelishuvga rozi bo‘lmasa, keskinlikni kuchaytirish uchun imkon qoldiradi.
"Eronning kuchaytirilgan mudofaasi va geografik joylashuvi tufayli Oyatulloh Xominaiyni qo‘lga olish Maduroga qarshi operasiyadan ancha qiyinroq bo‘ladi. Tramp AQShning strategik maqsadlari va harbiy rejalarini sir saqlash uchun ataylab ikki ma’noli iboralardan foydalanmoqda", deyiladi maqolada.