AQSh Mudofaa vazirligi KXDR haqiqatdan ham sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqqanini tan oldi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi AQSh harbiy-havo kuchlari generali Patrik Rayder bayonot berdi.
“Biz bilamizki, u orbitaga chiqarilgan va buning uchun ballistik raketa texnologiyasi qo‘llanilgan”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
KXDR avvalroq razvedka yo‘ldoshi Norfolk harbiy-dengiz bazasidagi Oq uy, Pentagon va AQSh aviatashuvchi kemalarini suratga olgani haqida xabar bergan edi.