Pentagon rahbari Lloyd Ostin AQSh Isroilga hujum qilingan taqdirda uni himoya qilishda yordam berishini aytdi, deb yozadi The Times of Israel.
Ostin bu haqda Eronda HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilganidan keyin bayonot berdi.
Nashrning yozishicha, Pentagon rahbari, shuningdek, Vashington Haniyaning o‘limi fonida mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga harakat qilayotganini ta’kidlagan.