"Taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari Kursk viloyatiga joylashtiriladi", — dedi AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx.
“Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga o‘tkazilishi eskalasiya jarayonini jiddiy kuchaytiradi va global tinchlikka tahdiddir” — deb yozdi Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen X ijtimoiy tarmog‘ida.
Shu bilan birga, Lyayen Yevropa va Sharqiy Osiyo xavfsizligi bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini qo‘shimcha qilgan.
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte alyans vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatayotganini va bu borada Ukraina va NATOning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlari bilan maslahatlar olib borayotganini aytdi.