Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pensiya miqdori faqat oylik ish haqidan hisoblanadimi yoki ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadimi?

A A A
Pensiya miqdori faqat oylik ish haqidan hisoblanadimi yoki ustama va mukofot pullari ham inobatga olinadimi?

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomining 82-bandiga muvofiq:

⏺- pensiya hisoblashda ish haqi tarkibiga, shuningdek, ish haqining natural qismiga 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qonunchilikka muvofiq sug‘urta badallari;

⏺- 2019 yildan keyingi davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.

✅ Ya’ni fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan ish haqlariga qo‘shimcha ravishda to‘langan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblashda inobatga olinadi.

Kiritildi: 15:48 11.12.2023. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!