Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Pensionerlarga tarqatilgan «Humo» kartalari «Uzcard»ga almashtirib beriladi

A A A
Pensionerlarga tarqatilgan «Humo» kartalari «Uzcard»ga almashtirib beriladi

May oyida pensionerlarga berilgan "Humo" plastik kartalari "Uzcard" plastik kartalariga almashtirib beriladi. Bu haqda "platforma.uz" telegram kanali yozmoqda.

Kanalimizda pandemiya sharoiti tufayli pensionerlar pullari plastik kartochkalar orqali berishga o‘tilgani yaxshi bo‘lgani, ammo ishlashida juda katta muammo mavjud bo‘la turib «Humo» to‘lov tizimi kartalari o‘ylamay-netmay aholiga yoppasiga «tiqishtirilgan»ini tanqid qilib yozgandik. Chunki bu tizim hali «xom» ekani shu so‘nggi uch kun ichida yaqqol bilindi. Odamlar o‘z pullaridan foydalanolmay qiynaldi, asabi buzildi. «Humo» bankomatlari ishlamagani sabab, ko‘pchilik naqd pul olish uchun banklarga borishga majbur bo‘ldi. Natijada moliya muassasalari oldida ajiotaj yuzaga keldi. Shuning uchun ham yozdikki, tayyor «Uzcard» tizimi ishlab turganda uning monopoliyasini cheklash uchun aynan hozir, sinovli kunlarni tanlash, «Humo»ga o‘tish shartmidi deb.

Vaziyatni, nihoyat, mutasaddilar ham anglagan ko‘rinadi. Bizga yaqin manbalarning aytishicha, 20 may sanasidan boshlab pensiya va nafaqa oluvchilarning «Humo» plastik kartalari to‘liq «Uzcard» plastik kartalariga almashtirib berilar ekan. Buning uchun hech qanday to‘lov olinmaydi va kartalar pensionerlarning uyiga yetkazib beriladi,

deyiladi manbada.

Kiritildi: 13:34 09.05.2020. O'qildi: 4243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!