Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Pensionerlar uchun qonunchilikda qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?

Pensionerlar uchun qonunchilikda qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Qonuni (O‘RQ-922-son, 18.03.2024 y.) imzolandi.

Unga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirildi. (Pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiya tayinlash uchun nafaqat Pensiya jamg‘armasiga, balki o‘zlariga qulay bo‘lgan Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Pensiyalarning eng kam miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan oz bo‘lmasligi belgilandi. Bunda, pensiyalar miqdori yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borilishi qayd etildi.

Shuningdek, pensiya yoshiga yetgan fuqaro uchun jamg‘argan pensiya mablag‘larini Xalq bankining mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratildi. Fuqaroda ushbu huquq yuzaga kelganligi Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.

Kiritildi: 18:18 18.04.2024. O'qildi: 2618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!