Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi bekor qilinadi
Mudofaa vazirligining tegishli qarori bilan harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik liseylar, shuningdek akademik liseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom bekor qilinadi.
Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari va o‘qituvchilari lavozimiga tayinlash ham bekor qilinadi.