Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Pekin Kiyev va Moskvaga murojaat qildi

Pekin Kiyev va Moskvaga murojaat qildi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Tszyan Rossiya harbiy kuchlarining G‘arbning uzoq masofali raketalarining Ukrainaga qilgan hujumlariga javoban «Oreshnik» ballistik raketasi bilan berilgan zarbani izohlar ekan, tomonlarni bosiqlikka va mojaroni keskinlashtirmaslikka chaqirdi.

«Vujudga kelgan vaziyatda barcha tomonlar sovuqqonlik va vazminlikni saqlashlari, muloqot va maslahatlashuvlar orqali vaziyatning keskinlashmasligiga hissa qo‘shishlari, inqirozni siyosiy yo‘l bilan tezda hal qilish uchun sharoit yaratishlari kerak,» - dedi Lin Szyan brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, XXR pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: rasmiylar vaziyatni muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori.

Kiritildi: 23:36 22.11.2024. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!