Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Paxtaga majburlash holatlari bor, ammo nimagadir murojaatchilar o‘z shikoyatlarini qaytarib olmoqda

A A A
Paxtaga majburlash holatlari bor, ammo nimagadir murojaatchilar o‘z shikoyatlarini qaytarib olmoqda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmatining xabari ko‘ra, 2018 yil 10 sentyabrdan 27 sentyabr oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishonch tarmoqlariga paxta terimiga majburiy jalb qilish holati yuzasidan jami 410 ta murojaat kelib tushgan. 
 
Ulardan 228 tasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ko‘rib chiqildi, 26 tasida qonunbuzarlik holati tasdiqlandi. 202 ta murojaatda paxta terimiga majburiy jalb qilish holati tasdiqlanmagan.

Paxta terimiga majburiy jalb qilish bo‘yicha tasdiqlanmagan holatlar yuzasidan esa qayta tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Afsuski, joylarda holatni o‘rganish paytida murojaatchilar turli sabablar ta’sirida o‘z shikoyatlarini qaytarib olayotgani kuzatilmoqda, deyiladi xabarda. 
 
2018 yil 27 sentyabr holatiga ko‘ra hududlar bo‘yicha murojaatlar yig‘ma jadvali:
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillariga murojaatlar ma’lumot bazasiga kirish huquqi taqdim etildi.
 
 
Manba: O‘zA
Kiritildi: 15:02 29.09.2018. O'qildi: 1351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!