Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizasiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi

A A A
Paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizasiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yil boshidan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga 1 trillion 115 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Bu o‘z samarasini berib, korxonalar to‘liq quvvatda ishlashni boshladi. Hududlarga 5 ming 781 ta texnika yetkazib berildi.

Hokimlarga unumdorlikni oshirish uchun paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizasiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi.

Buning uchun yil oxirigacha fermer va dehqonlarni yana 6,5 mingta texnika bilan ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda komplekslar rahbarlari, vazirlar va hokimlarning hisobotlari va rejalari tinglandi.

Kiritildi: 19:50 17.07.2024. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!