"Fransiyaning tashqi razvedka xizmati men bilan uchrashganini tasdiqladi, ular buni terrorizm va bolalar pornografiyasiga qarshi kurashish uchun qilinganini aytishmoqda. Aslida, bolalar pornografiyasi mavzusi umuman tilga olinmagandi. Ular Fransiyadagi terrorizmda gumon qilingan shaxslarning IP-manzillarini so‘rashdi, lekin ularning asosiy maqsadi doimo geosiyosat bo‘lgan: Ruminiya, Moldova, Ukraina", — deb yozdi Telegram hammuassisi X ijtimoiy ijtimoiy tarmog‘idagi postida.
Avvalroq Durov bir nechta post e’lon qilib, Fransiya razvedkasi undan "saylovlar oldidan Ruminiyadagi konservativ ovozlarni bloklashni” talab qilganini ma’lum qilgan edi.
Fransiyaning Tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSE) Durov bilan haqiqatdan ham bir necha bor uchrashuvlar bo‘lganini tasdiqladi. DGSE Durov bilan uchrashuvlar Telegram'da terrorizm va bolalar pornografiyasi xavfini oldini olish bo‘yicha mas’uliyatni eslatish uchun amalga oshirilganini qayd etdi. Biroq idora saylov jarayoni bilan bog‘liq har qanday akkauntlarni bloklashni so‘raganini inkor etdi.