Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Pashinyan Ostonada bo‘lib o‘tadigan KXSHT sammitida qatnashmaydi

Pashinyan Ostonada bo‘lib o‘tadigan KXSHT sammitida qatnashmaydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 28 noyabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti sammitida qatnashmaydi. Ammo Moskva Yerevan ertami kechmi bu tashkilot bilan hamkorlikni tiklaydi, deb umid qilmoqda.

Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi «Report» .

«Armaniston ishtirok etmaydi, biroq uning vakillari sammitda tegishli kelishilgan hujjatlar qabul qilinishiga qarshi emasliklarini oldindan aytishgan. Biz arman hamkorlarimizning tashkilotning kelajakdagi faoliyati bo‘yicha o‘z yo‘nalishlarini mustaqil belgilash huquqiga shubha qilmaymiz», deb ta’kidladi u.

Yuriy Ushakov, shuningdek, Yerevan KXSHTning de-yure to‘la huquqli a’zosi bo‘lib qolayotganini, shuningdek, tegishli huquq va majburiyatlarini saqlab qolayotganini ta’kidladi: «Armanistonning KXSHT faoliyatiga jismoniy qaytishi uchun eshiklar ochiq. Umid qilamizki, Armaniston vakillari ertami-kechmi ushbu tashkilot doirasidagi hamkorlikni tiklaydilar».

Kiritildi: 21:10 26.11.2024. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!