Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pashinyan: Armaniston hukumatiga Ozarbayjon bilan urush kerak emas

Pashinyan: Armaniston hukumatiga Ozarbayjon bilan urush kerak emas

Pashinyan Armaniston tomonidan mintaqa barqarorligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar ehtimolini istisno qildi.

Bu haqda bosh vazir Nikol Pashinyan parlamentdagi hukumat soati chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi Armaniston OAVlari.

“Bizga Ozarbayjon bilan urush mutlaqo kerak emas. Har qanday malakali kuzatuvchi ichki siyosiy pozisiyalarimizni mustahkamlash uchun, aksincha, mintaqada barqarorlik zarurligini tushunadi”, dedi u tegishli savolga javob berar ekan.

Armaniston hukumati rahbari Armaniston Olmaota deklarasiyasi asosida Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tan olganini va chegarani delimitasiya qilish jarayonini davom ettirishni rejalashtirayotganini qayd etdi.

“Biz chegaraning keyingi qismida delimitasiyani boshlashimiz kerak va bu jarayon davom etmoqda. Bizning maqsadimiz tinchlik shartnomasini kelishishdir, uning 90 foizi allaqachon bajarilgan”, dedi Pashinyan.

U, shuningdek, mintaqada yangi eskalasiya uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganini aytdi.

Kiritildi: 11:40 05.12.2024. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!