Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Parkinson kasalligining kelib chiqish sababi aniqlandi

A A A
Parkinson kasalligining kelib chiqish sababi aniqlandi

Daniyaning Kopengagen universiteti olimlari Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda miya faoliyatiga oid yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tadqiqot ushbu kasallikning rivojlanish sabablarini tushunishga imkon berdi.

Olimlar kasallik mitoxondriyalarning, miya hujayralarida energiya ishlab chiqaruvchilarning, ayniqsa neyronlarning zararlanishi bilan bog‘liqligini aniqlashdi. Zararlanish mitoxondriyal DNKning buzilishiga olib keladi, bu “kasallikni bosh miya bo‘ylab yong‘in kabi tarqatadi”.

Parkinson kasalligi surunkali kasallik bo‘lib, markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi. U oyoqda harakatlanishning qiyinlashishi, titroq, kognitiv funksiyaning pasayishi va keyingi bosqichlarda demensiyaning yuzaga kelishi kabi alomatlar orqali namoyon bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq odam ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda. Uning davosi yo‘q deb hisoblanadi, mavjud davolash usullari faqat uning alomatlarini vaqtincha yengillashtirishi mumkin.

Yangi ilmiy ish mualliflari sichqonlar va odamlarning miyasini tahlil qilishdi. Ular miya hujayralarida viruslarga qarshi genlarda nuqsonlar mavjud bo‘lganda mitoxondriya zararlanishini va bu holat tarqalish xususiyatiga ega ekanini aniqlashdi.

Olimlar kelgusida qanday usullar bilan mitoxondriyal funksiyani tiklash mumkinligini aniqlash niyatida, deb xabar beradi mir24.tv.

Kiritildi: 20:17 04.10.2023. O'qildi: 14132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!