Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Parkent tumanida 14 yoshli bola tog‘asining o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

A A A
Parkent tumanida 14 yoshli bola tog‘asining o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyati Parkent tumanida 14 yoshli yigit qarindoshini ehtiyotsizligi sabab o‘ldirib qo‘ydi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2 avgust kuni 2008 y.t. fuqaro E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan.

U yerda 2007 y.t. M.T. (tog‘asining o‘g‘li) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. Shundan so‘ng 14 yashar E.E. ehtiyoncizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib 15 yoshli M.N.ni chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Natijada fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.

Kiritildi: 13:33 05.08.2022. O'qildi: 2513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!