Parij prokuraturasi Fransiya poytaxtidagi yahudiy maktabiga qilingan vandallik holatlari bo‘yicha tergov boshladi.
Bu haqda Agence France-Presse huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayanib ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Parijning XX okrugida joylashgan «Bet Lyubavich» maktabiga qilingan. Binoning oynalari sindirilgan, fasaddan videokamera va xotira lavhasi uzib olingan.
Prokuratura mulkka uyushgan guruh tomonidan diniy adovat asosida ziyon yetkazish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Hududiy polisiya bo‘limi gumonlanuvchilarni qidirmoqda.