Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Parijdagi Luvr muzeyida «Oltin odam» yodgorligi namoyish etiladi

A A A
Parijdagi Luvr muzeyida «Oltin odam» yodgorligi namoyish etiladi

2026 yilga mo‘ljallangan Luvrda qozoq san’ati ko‘rgazmasi doirasida «Oltin odam» tarixiy yodgorligi tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etiladi.

«Oltin odam» - Qozog‘istonning eng qimmatli yodgorligi, mamlakat ramzi hisoblanadi. Bungacha ushbu yodgorlikni xalqaro miqyosda milliy brendga aylantirish maqsadida dunyoning 12 davlatida «Oltin odamning jahon muzeylariga yo‘llanishi» xalqaro loyihasi amalga oshirilgan edi.

2026 yilda Fransiyadagi Luvr muzeyida Qozog‘iston milliy ko‘rgazmasini tashkil etish doirasida «Oltin odam» va muzeydagi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyolar eksponatlarni saralash komissiyasiga taqdim etiladi», - deyiladi Milliy muzey xabarida.

Kiritildi: 23:05 30.07.2023. O'qildi: 2457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!