Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Parij: Ukrainadagi Shimoliy Koreya askarlari — yana bir keskinlik

Parij: Ukrainadagi Shimoliy Koreya askarlari — yana bir keskinlik

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Kiyevga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi. Uning qayd etishicha, "bu eskalasiyaning keyingi darajasini ifodalaydi". Shu bilan birga, Barroning qo‘shimcha qilishicha, bunday qadam Moskvaning urushdagi qiyinchiliklaridan ham dalolat beradi.

Shu o‘rinda Germaniya hukumati ham Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikning kuchayishi (masalan, qurol-yarog‘ yetkazib berish ko‘rinishida) yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi. Berlin Pxenyanni “Rossiyaning xalqaro huquqni buzuvchi Ukrainaga qarshi agressiv urushini qo‘llab-quvvatlashni darhol to‘xtatishga” chaqirdi.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Italiyadagi G7 yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Ukrainadagi urushda ishtirok etayotgani haqidagi xabarlarni hozircha tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 10:42 20.10.2024. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!