Parij prokuraturasi "Milliy miting" partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Marin Le Penni besh yillik qamoq jazosini, shuningdek, xuddi shunday muddatga ovoz berish huquqidan mahrum qilishni talab qildi.
Bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prokuratura bunday talabni Le Pen va uning sheriklariga Yevropa parlamentida deputat yordamchilarini soxta yollaganlikda ayblashi munosabati bilan qo‘ygan.
Qayd etilishicha, avvalroq 2027 yilda Fransiya prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yish niyatini bildirgan Le Pen ham 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.