Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga beriladigan medallar nimadan tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi.
Aniqrog‘i, medallar Eyfel minorasining ilgari ta’mirlash vaqtida olib tashlangan asl qoldiqlarining erishi natijasida yaratilgan.
Olti burchakli qismning o‘rtasida yozgi Olimpiya o‘yinlari logotipi joylashgan. Olti burchakli Fransiya xaritasi.
Medalning orqa tomonida yunon g‘alaba ma’budasi Nika, Afinadagi Akropol va Eyfel minorasi tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda to‘rt yillik musobaqaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik sportchilar so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda. Qozog‘iston terma jamoasi sportning 25 turi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga 92 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi.
Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarda 205 davlatdan 10 500 nafar sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Unda 32 sport turidan 329 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.