Bugun 26 iyun, 2024 yil, chorshanba

КИР

Parij-2024 arenalari haqida nimalarni bilasiz?

Parij-2024 arenalari haqida nimalarni bilasiz?

Bugun Sizlar bilan futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining chorak finaldagi o‘yiniga mezbonlik qilishi mumkin bo‘lgan yana bir stadion haqida gaplashamiz. Tanishing, Marsel shahridagi “Velodrom” stadioni.

Majmua 1937-yil barpo etilgan. Bugungi kungacha bir necha bor rekonstruksiya qilinib, 2014-yil hozirgi qiyofasiga kelgan. Stadion tarixda 1938 va 1998-yilgi jahon chempionatlari, Yevro-1984 va Yevro-2016 o‘yinlari, 2007 va 2023-yilgi regbi bo‘yicha jahon chempionatlari va boshqa ko‘plab musobaqalarni qabul qilgan. Fransiyada kattaligi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan stadion bugungi kunda 67 mingdan ortiq muxlisni sig‘dira oladi. Ushbu obekt ham o‘z tarixida jahon estradasining ko‘plab yulduzlarining konsertiga mezbonlik qilgan. Arena “Olimpik Marsel” futbol klubining uy o‘yingohi hisoblanadi.

Tezyurar poyezdda Parij-Marsel yo‘nalishida manzilga 3 soat 10 daqiqada yetib olish mumkin. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida stadion 10 ta o‘yinga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan taqdirda chorak final o‘yinini aynan mana shu arenada “D” guruhining ikkinchi o‘rin egasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 22:56 16.06.2024. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!