Paragvayda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan “Marangatu” operasiyasi davomida 57 tonna marixuana musodara qilindi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Santyago Penya ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Biz Marangatu operasiyasi bilan uyushgan jinoyatchilikka jiddiy zarba bera oldik, natijada 57 tonna siqilgan marixuana musodara qilindi”, dedi u.
Giyohvand moddalar savdogarlari marixuanani Braziliyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan, dedi Penya. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu musodara qilingan eng yirik giyohvand moddalar jo‘natmasidir.
Operasiya natijasida to‘rt kishi qo‘lga olindi, deya qo‘shimcha qildi Penya.