Kecha, 26 iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tuman hokimiyati binosi atrofida o‘rnatilgan temir panjaralar to‘liq olib tashlandi.
Chilonzor tuman hokimi Davron Hidoyatov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ish ramziy ma’noda fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasida turgan ko‘zga ko‘rinmas to‘siq olib tashlanganligini va hokimiyat organlarining shaffof ishlashini ko‘rsatib beradi.
Panjaralar to‘liq olib tashlanganidan so‘ng, hokimiyat nafaqat ma’muriy idora sifatida xizmat qiladi, balki, xokimiyat atrofida aholi dam oladigan, sayr qiladigan maskanga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Chilonzor tuman hokimligida so‘nggi bir necha oy davomida katta qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xokimiyat binosining yon – atroflari obodonlashtirilib aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Shuningdek, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash orqali xalq farovonligiga erishilmoqda.
Manba: qalampir.uz