Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Pandemiyaning O‘zbekiston aeroportlariga ta’siri ma’lum qilindi

Pandemiyaning O‘zbekiston aeroportlariga ta’siri ma’lum qilindi

«Mamlakatimizdagi xalqaro aeroportlar 2019 yining 9 oyida salkam 6 yarim million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan, 2020 yilning xuddi shu davriga kelib esa, yo‘lovchilar soni o‘rtacha 1 million 800 nafarni tashkil etgan».

Bu haqda bugun AOKAda o‘tgan brifingda «Uzbekistan Airports» AJ axborot xizmati rahbari La’lixon Sobirova ma’lum qildi:

➖ Pandemiya sababli butun dunyo aviasiya sohasida yuzaga kelgan holat O‘zbekiston aeroportlarida ham kuzatildi. Karantin cheklovlari joriy qilinishi oqibatida aviaqatnovlar butunlay to‘xtadi, yo‘lovchilar oqimi keskin qisqardi. Bu tabiiyki jahonda investisiyalar va sayyohlar oqimi kamayishiga olib keldi.

Vaholanki, 2020 yilning 19-20 fevral kunlarida bo‘lib o‘tgan Xalqaro aviasiya ko‘rgazmasi hamda forumida «Uzbekistan Airports» AJ 14 ta xorijiy aviakompaniya bilan 34 ta shartnoma, 15 ta memorandum imzolagandi, unda jami 142 ta aviaqatnovni amalga oshirish mo‘ljallagan edi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi va yuk aviatashuvlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro aeroportlari 2019 yining 9 oyida salkam 6,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan, 2020 yilning xuddi shu davriga kelib esa, yo‘lovchilar soni o‘rtacha 1 mln 800 nafarni tashkil qilgan. 2019 yilda tashilgan yuk miqdori 51 ming 300 tonna bo‘lsa, 2020 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich qariyb 50 ming tonnadan iborat bo‘lgan.
 

Kiritildi: 17:50 03.12.2020. O'qildi: 2521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!