Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ozodbek Nazarbekov ilk bor o‘zining qamalgani va boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirdi

Ozodbek Nazarbekov ilk bor o‘zining qamalgani va boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirdi

Madaniyat va turizm vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ilk bor o‘zining qamalgani va boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Ozodbek Nazarbekov Andijon ahli bilan uchrashuvda “vazir emas, balki bir ariqdan suv ichgan Andijon farzandi sifatida tashrif buyurgani”ni ta’kidlab, andijonlik ekanidan faxrlanishini bildirgan.

“Yaxshi bilasizlar, hayotimda eng og‘ir kunlar ham o‘tdi, mana bugun vazir darajasiga keldim. Lekin og‘ir, mudhish kunlarimda tanamda his qilgan muammolar bo‘ldi. Bir oilada bir inson qamalsa, shu oilaga nima bo‘lardi, o‘ylab ko‘ringlar? Na ota-onasiga, na farzandlariga maktabda kun bor edi. Lekin mana shu Konstitusiyadagi eng muhim o‘zgarishlardan biri — bundan bu yog‘iga ota bolasiga (qilmishi uchun — tahr.) javob bermaydi, bola otasi uchun javobgar emas.

Mening oilam shu qiyinchiliklarni boshidan kechirdi, bu qiyinchiliklarni ko‘rdik. Shuncha qiyinchilik, boshimizdan qora kunlar o‘tib, bugun vazir darajasiga yetishim — bu menimcha, aynan inson qadri”, — deydi madaniyat va turizm vaziri.

Shuningdek, u O‘zbekistonda inson qadri ulug‘lanayotganiga o‘zini yaqqol misol qilib keltirgan. “Toshkentda katta tog‘am, amakim yo‘q, faqatgina bugungi oqilona, adolatli siyosat mana shu minbarda turizimga xizmat qilyapti. Shuning uchun men shaxsan mazkur referendumni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman”, — deya qayd etgan Nazarbekov.

Kiritildi: 14:31 18.03.2023. O'qildi: 6911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!