Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Oziq-ovqat tanqisligidan 295 million kishi zarar ko‘rmoqda – BMT

Oziq-ovqat tanqisligidan 295 million kishi zarar ko‘rmoqda – BMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2025 yildagi global oziq-ovqat inqirozi bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda dunyoda o‘tkir oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirayotganlar soni rekord darajaga yetdi. Bu holat ketma-ket oltinchi yil davomida yomonlashib borayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi Reuters.

Umuman olganda, 53 mamlakatda 295 millionga yaqin odam o‘tkir ocharchilikda yashamoqda, bu 2023 yilga nisbatan 5 foizga ko‘p. Ochlikning asosiy sabablari urush, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy qiyinchiliklardir.

Mojarolar 140 millionga yaqin odamning hayotiga ta’sir qilgan, Sudan va G‘azo sektorida ocharchilik rasman tasdiqlangan. Bundan tashqari, Janubiy Sudan, Gaiti va Malida ochlik darajasi oshgan.

Iqlim omillari, jumladan, El-Ninyo fenomeni 96 million odamga ta’sir ko‘rsatib, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga katta zarba berdi.

Iqtisodiy inqirozlar, inflyasiya va valyuta devalvasiyasi 59,4 million kishini oziq-ovqat ta’minotidan mahrum qildi.

2024 yilda ocharchilikka duchor bo‘lganlar soni 1,9 millionga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p.

Shu bilan birga, 5 yoshgacha bo‘lgan 38 million bola oziq-ovqatga muhtoj.

2025 yilda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin, chunki insonparvarlik yordami, jumladan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining yordami sezilarli darajada kamaydi.

Biroq 15 ta davlatda yordam va ko‘mak tufayli vaziyat yaxshilanmoqda.

BMT hisobotida ochlikka qarshi kurashda mahalliy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va unga sarmoya kiritish muhimligi ta’kidlangan.

Kiritildi: 15:58 18.05.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!