Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ozarboyjon Rossiyada o‘z fuqarolarining vafot etishi va qiynoqqa solinishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

 Ozarboyjon Rossiyada o‘z fuqarolarining vafot etishi va qiynoqqa solinishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarboyjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan ayanchli tarzda qiynoq qo‘llanilib, o‘ldirilganiga oid dalillar asosida Bosh prokuror tomonidan jinoyat ishi ochilgan.

Dastlabki tergovga ko‘ra, joriy yilning 27 iyun kuni ertalab Rossiya Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Federal xavfsizlik xizmatining Sverdlovsk viloyati xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan operasiya chog‘ida ilgari sodir etilgan jinoyatlarda gumon qilinib, bir nechta manzillarda yashovchi Ozarboyjon fuqarolari qo‘lga olingan.

Ushbu shaxslar hibsga olinishi hamda operasion binolarda bo‘lishi davomida tanasining turli qismlariga og‘ir jismoniy zarbalar berilib, qiynoqqa solingan va og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan.

Oqibatda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, 1966 yilda tug‘ilgan 60 yoshli Husayn Safarov ichki ishlar idorasida, uning ukasi –1970 yilda tug‘ilgan, haydovchilik bilan shug‘ullangan, ikki farzandning otasi 55 yoshli Ziyoddin Safarov esa xizmat avtomobilida olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Kiritildi: 16:43 01.07.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!