Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

A A A
Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi

Madaniyat kunlari doirasida konsertlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, kitoblar ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

1-4 avgust kunlari Boku shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan o‘tkaziladigan madaniyat kunlari doirasida konsertlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, kitob ko‘rgazmasi va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

To‘rt kun davom etadigan madaniyat kunlarida O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Hoshimjon Ismoilov, Zulayxo Boyxonova, Gyulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Samandar Alimov va boshqalar ozarbayjonlik tomoshabinlar oldida chiqish qiladi.

Kiritildi: 05:51 01.08.2023. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!