Uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari, murabbo va boshqa mahsulotlarni sotish yangi qoidalar asosida amalga oshirilishi mumkin, deb xabar beradi Xəzər TV telekanali.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Ozarbayjonda bunday mahsulotlarga va ularni sotish shartlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan mexanizm ishlab chiqilyapti.
Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi ma’lum qilishicha, avvalo uylarda va oilaviy xo‘jaliklarda keyinchalik sotish maqsadida qaysi mahsulotlarni tayyorlashga ruxsat berilishi aniqlanadi.
Ular uchun mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, tashish va sotishga oid talablar belgilanadi. Shuningdek, mahsulotlarning xavfsizligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni joriy etish rejalashtirilyapti.
Yangi tartiblar mintaqaviy bozorlardagi sotuvchilar orasida savollar uyg‘otgan. Ko‘pchilik uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar ular uchun muhim daromad manbai ekanini ta’kidlab, qo‘shimcha cheklovlardan xavotir bildiryaptilar.
Agentlikda ta’kidlanishicha, yangi mexanizm bir vaqtning o‘zida mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash va ularni sotish uchun yagona, qonun-qoidalarni yaratishga qaratilgan.