Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjon va O‘zbekiston musiqachilari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Ozarbayjon va O‘zbekiston musiqachilari o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat bo‘yicha Ilmiy-metodik va malaka oshirish markazi tashabbusi bilan Ozarbayjon Musiqa madaniyati davlat muzeyida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda markaz direktori Vug‘ar Humbatov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlanganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, madaniyat kunlari, ijodiy jamoalar, san’atkorlar, olimlar va adabiyot vakillarining o‘zaro tashriflari qardosh xalqlarni yanada yaqinlashtirmoqda.

Boku Musiqa akademiyasi dosenti, bastakor Vug‘ar Jamalzoda ham ikki davlat o‘rtasidagi musiqa sohasidagi hamkorlik yil sayin mustahkamlanib borayotganini aytdi.

Tadbir davomida muzey huzuridagi qadimiy musiqa asboblari ansambli hamda O‘zbekiston konservatoriyasi professorlari Bahodir Mirpayazov, Ruzbi Xo‘jayeva, Ilhom Ikramov va ularning talabalari musiqiy chiqishlar namoyish etdi.

Tadbir yakunida o‘zbekistonlik mehmonlarga Ozarbayjonning milliy zarbli cholg‘ulari — qaval va daf sovg‘a qilindi.

Kiritildi: 21:20 15.04.2026. O'qildi: 167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!