Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiy mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

A A A
Ozarbayjon va O‘zbekiston harbiy mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegasiyasi tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligining Bosh tezkor boshqarmasiga tashrif buyurdi.

"APA"ning Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berishicha, mehmonlarga harbiy qarorlar qabul qilish, shuningdek, 44 kunlik Vatan urushi va aksilterror operasiyasi haqida brifing berilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston delegasiyasi Markaziy qo‘mondonlik punktida bo‘lib, u yerda zamonaviy talablarga javob beradigan dasturiy ta’minotdan foydalangan holda topshiriqlarni bajarish shartlari va mexanizmi bilan tanishdi.

Kiritildi: 12:10 14.12.2024. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!