Ozarbayjon va Armaniston diplomatik kanallar orqali tinchlik bitimini imzolash masalasida maslahatlashuvlar olib bormoqda. Bu haqda Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan ma’lum qildi.
💬 “Biz hozirda Ozarbayjon bilan diplomatik kanallar orqali tinchlik shartnomasini imzolash bo‘yicha maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz”, dedi u jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat matni allaqachon yakuniy kelishib olingan. "Buni imzolash qoldi", dedi Grigoryan.
U, shuningdek, Armaniston tomoni Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolangan kuni YEXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish haqidagi bayonotni imzolashga tayyorligini bildirdi.
Avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, agar mamlakat Konstitusiyaviy sudi Ozarbayjon bilan tuzilgan tinchlik bitimini ma’qullamasa, Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
"Bu tinchlik jarayoni va tinchlik shartnomasini boy bermaslik kerak. Biz jamoatchilikni barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun bu o‘zgarishlarni amalga oshirishga ishontirishga harakat qilamiz", dedi Pashinyan dushanba kuni Yerevan muloqoti forumida.
"Tinchlik shartnomasi imzolanishi kerak va bu bizning asosiy xabarimiz", - deya qo‘shimcha qildi u.