Ozarbayjon hukumati AZAL aviakompaniyasi samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro sudga murojaat qilish yuzasidan hujjatlar tayyorlamoqda.
🗣 Prezident Ilhom Aliyev:
“Samolyot atrofidagi hodisa oydek ravshan. Yetti oydan beri Rossiyadan aniq javob yo‘q. Faqat bitta javob: 'Tergov davom etmoqda'.”
Ozarbayjon Bosh prokurori bir necha bor Rossiya Tergov qo‘mitasiga murojaat qilgan, ammo natijasiz. Aliyev xalqaro sudga hujjat topshirish niyati borligini tasdiqladi.