Ozarbayjon Chechenistonda uch nafar fuqarosining hibsga olinishi munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasi yubordi. APA axborot agentligining diplomatik manbalari Nihod Rzayev, Elxan Shirinov va Vugar Maharramovlar hibsga olingani haqida xabar bermoqda.
Notada mahbuslarni Ukraina hududidagi urush zonasiga majburan o‘tkazish ehtimolidan xavotir bildirilgan. Ozarbayjon tomoni Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan vaziyatni tushunishini va o‘z fuqarolari huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilmoqda.
OAV xabarlariga ko‘ra, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan so‘ng, Rossiya harbiy amaliyotlarda qatnashish uchun migrantlarni faol ravishda jalb qilmoqda. Ular orasida nafaqat Markaziy Osiyodan, balki boshqa mamlakatlar, jumladan Hindiston, Kuba va Shri-Lanka fuqarolari ham bor.
Migrantlarga shartnoma imzolash evaziga tezlashtirilgan fuqarolik va’da qilinmoqda, Rossiya pasportini olganlar esa ko‘pincha deportasiya tahdidi ostida safarbarlikka majbur bo‘lishadi.