Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjon neftining narxi tushdi

Ozarbayjon neftining narxi tushdi

Italiyaning Augusta portida CIF bazasida Azeri Light markali Ozarbayjon neftining narxi 9 iyulda avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,4 AQSh dollariga pasayib, bir barrel uchun 88,89 dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Trend.

Turkiyaning Jayhan portida FOB bazasida Azeri Light neftining bir barrel 1,4 dollarga tushib, 87,47 dollarni tashkil etdi.

URALS markali neft narxi bir barrel uchun 72,74 dollarga baholanmoqda, bu avvalgi ko‘rsatkichdan 1,62 dollarga past. Shimoliy dengizda ishlab chiqarilgan Dated Brent standartidagi neft narxi 9 iyulda avvalgi ko‘rsatkichdan 1,63 dollarga pasayib, bir barrel uchun 86,1 dollardan sotildi.

10 iyuldagi rasmiy kurs - 1,7 AZN/1 USD tashkil etadi.

Kiritildi: 13:55 10.07.2024. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!