Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjon mustamlakachilikka qarshi jabha ochdi

Ozarbayjon mustamlakachilikka qarshi jabha ochdi

17-18 iyul kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida fransuz mustamlakachiligiga qarshi harakatlarning birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Unda Korsika, Melaneziya, Polineziya mustaqilligi uchun kurashayotgan 20 ga yaqin siyosiy partiya va harakatlar yetakchilari, Fransiya mustamlakachiligidan jabr ko‘rgan Karib dengizi va Antil orollari guruhi, shuningdek, Gollandiyaning ikki mustamlakasi vakolatli vakillari ishtirok etdi.

Kongress yakunlari bo‘yicha xalqaro ozodlik jabhasini tashkil etish to‘g‘risidagi deklarasiya imzolandi va uning nizomi tasdiqlandi.

Hujjatda irqchilik va repressiya siyosati, xususan, Fransiya hukumati tomonidan Yangi Kaledoniya va boshqa mustamlaka hududlarida sodir etilgan jinoyatlar qoralanadi.

Xalqaro ozodlik jabhasining tashkil etilishi fransuz mustamlakachiligiga qarshi markazlashgan platformani shakllantirishga qaratilgan. Qurultoy ishtirokchilari mustaqillik uchun kurashda yanada yaqinroq birlashishga, shuningdek, fransuz mustamlakachiligi ustidan g‘alaba qozonish va mustaqillikka erishish yo‘lidagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaror qildilar.

Jabha mustamlakachilik ostida qolayotgan boshqa hududlarning a’zolari uchun ochiq bo‘ladi. Uning kelajakdagi faoliyati mustamlakachilikni yo‘q qilish strategiyasi, harakat rejasi va kun tartibini ishlab chiqish hamda ularni xalqaro tashkilotlarga taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 11:47 20.07.2024. O'qildi: 1225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!