Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ozarbayjon ilk bor Qorabog‘dagi urushda yo‘qotgan qurbonlari sonini ochiqladi

Ozarbayjon ilk bor Qorabog‘dagi urushda yo‘qotgan qurbonlari sonini ochiqladi

27 sentyabrdan 10 noyabrga qadar Tog‘li Qorabog‘da davom etgan jangovar harakatlar davomida Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 2 783 nafar harbiy xizmatchilari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar qilmoqda.

“Vatan urushida Qurolli kuchlarimizning 2783 nafar harbiy xizmatchilari halok bo‘ldi. 103 nafar harbiy xizmatchining shaxsi DNK tahlili usulida aniqlanmoqda”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 100 nafardan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan. Ularni joyini aniqlash va oilalariga berish choralari ko‘rilmoqda.

“Hozirda tibbiyot muassasalarida 1245 nafar harbiy xizmatchilarimiz davolanmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Ozarbayjon Mudofaa vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10 noyabrda to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.

Kiritildi: 18:18 03.12.2020. O'qildi: 3282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!