Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davlat muhri izi aniqlandi

Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davlat muhri izi aniqlandi

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi noyob tarixiy topilma — 1918-yilga oid Ozarbayjon Demokratik Respublikasining davlat muhri izi topilganini e’lon qildi.

Turkiy davlatlarning tarixiy geografiyasi va tarixiy kartografiyasi (IX–XX asrlar) bo‘yicha tadqiqotchi, siyosiy fanlar doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori Muxit-Ardager Sidiqnazarov Ozarbayjon davlatchiligining uzluksizligini tasdiqlovchi muhim artefaktni aniqladi.

Evropa va AQSh arxivlarida olib borilgan kartografik tadqiqotlar davomida Ozarbayjon Demokratik Respublikasi (1918–1920) davlat muhri izi aniqlanib, o‘rganildi. Ushbu muhr izi ADR Parlament raisi va Parij Tinchlik konferensiyasidagi delegasiya rahbari bo‘lgan Alimardan bey To‘pchubashovning xatlarida topilgan.

Davlat muhri izi Alimardan bey To‘pchubashovga oid hujjatlar orasida asl xarita va unga ilova qilingan xat bilan birga yagona arxiv to‘plamida aniqlangan. Mazkur muhr izi hozircha yagona ma’lum nusxa bo‘lib, ilk bor ilmiy muomalaga kiritilmoqda.

Ushbu davlat muhri 1918-yil 28-mayda e’lon qilingan Ozarbayjon Demokratik Respublikasiga tegishlidir.

Bu muhim topilma Ozarbayjon va umuman turkiy dunyoning buyuk davlat arbobi, ADR Parlament raisi Alimardan bey To‘pchubashovning hayoti va faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.

Ozarbayjon davlatchiligining ramzi bo‘lgan ushbu noyob artefakt 1918-yil 28-maydan 1920-yil 28-aprelgacha mavjud bo‘lgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi davriga oid.

Mazkur kashfiyot katta ilmiy ahamiyatga ega. Davlat suverenitetining muhim atributi sifatida muhr XX asr boshlarida Ozarbayjon davlatchiligining institusional shakllanishini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.

Ushbu muhr izining ilmiy muomalaga kiritilishi Ozarbayjon davlatchiligi uzluksizligi va ADRning diplomatik tarixiga oid birlamchi manbalar bazasini sezilarli darajada kengaytiradi hamda ramzlar, hujjat yuritish va Ozarbayjon Demokratik Respublikasining xalqaro maydondagi vakilligi bilan bog‘liq masalalarni yanada aniqlashtirishga xizmat qiladi.

Kiritildi: Bugun 15:42. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!