Oydagi tabiiy resurslar uchun poyga boshlandi. O‘yin qoidalarini kim va qanday belgilaydi? Odam Oyga oxirgi marta qadam qo‘yganidan deyarli yarim asr o‘tgach, dunyoni kosmos vasvasasining ikkinchi to‘lqini qamrab olgan ko‘rinadi deb tahmin qiladi NASA
Bu safar Yerning tabiiy yo‘ldoshida uzoq vaqtga joylashib olish ko‘zlanmoqda.
Rossiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlar (Evropa Ittifoqi ham) yaqin 15-20 yil ichida Oyda uni batafsil o‘rganish va foydali qazilmalarni qazib olish uchun zarur bo‘lgan doimiy infratuzilma quramiz demoqda.
Ammo nimani qazib olish aniq emas: shu paytgacha nazariy jihatdan manfaatli kosmik resurslardan olimlar Oyda faqat muzlagan suv borligini tasdiqlagan, xolos. Ammo ambisiyali kosmik dasturlarni ishlab chiquvchilarni bu unchalik tashvishlantirmayapti: albatta foydali nimadir topiladi.
Xalqaro huquq davlatlarning Oyni qismlarga bo‘lish va uni o‘z mulki deb e’lon qilishni taqiqlashini hisobga olsak, tabiiy yo‘ldosh mustamlakachilari bir-biri bilan resurslar uchun raqobatlashishini kutsa bo‘ladi.
Aynan qanday shaklda - aniq emas. Shubhasiz, kosmosda hamma birdek qabul qiladigan ba’zi bir qoidalarni o‘rnatish kerak.