Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Oylik maoshdan soliq uchun ariza yozdirmasdan ushlab qolish mumkinmi?

A A A
Oylik maoshdan soliq uchun ariza yozdirmasdan ushlab qolish mumkinmi?

Temur Komilov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari:

«Mehnat kodeksining 164-moddasida ishchi yoki xodimning yozma roziligisiz qaysi mablag‘larni ushlab qolish mumkinligi belgilangan.

Birinchidan, oylik maoshdan ushlab qolinadigan 12% daromad solig‘i — bu majburiy bo‘lib, roziligidan qat’iy nazar undiriladi.

Agar mol-mulk, yer yoki boshqa soliqlardan sudning ijro hujjatlari mavjud bo‘lganda ham xodimning roziligisiz ushlab qolish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ish xaqi yoki xizmat safari uchun ortiqcha to‘langan avans ham xodim faoliyat ko‘rsatayotgan jarayonda uning roziligisiz keyingi oyligidan ushlab qolinadi. Xuddi shunday, ishlab turgan davri uchun mehnat ta’tili olib, lekin mehnat ta’tili davrida mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ishlanmagan davr uchun to‘langan  mehnat ta’tili puli ham ushlab qolinadi. Xodimga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazolar va xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zarar summalari ham xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.

Turli jamiyatlarga to‘lovlar, vznoslar, ajratmalar xodimlarning yozma roziligisiz yoki ularni majburlab ushlab qolinishi mumkin emas.

Agar xalq ta’limi tizimida majburiy to‘lovlar borasida shikoyat bo‘lsa, qisqa raqam 1006 ga yoki 99 988 10 06 raqamiga, «Ustoz ovozi» degan platforma tashkil etganmiz, https://ustozovozi.uzedu.uz/ manziliga tizimdagi har qanday muammolar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin».

Kiritildi: 19:11 01.02.2021. O'qildi: 2462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!