Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Oyijon, iltimos, o‘lmang": erkak qizining ko‘z o‘ngida sobiq xotinini o‘ldirdi (video)

"Oyijon, iltimos, o‘lmang": erkak qizining ko‘z o‘ngida sobiq xotinini o‘ldirdi (video)

18 avgust kuni Turkiyaning Kirikkala shahridagi kafelardan birida Fedai Baran 4 yil avval ajrashgan xotini va qizi bilan uchrashdi. Suhbat asnosida ikki o‘rtada tortishuv chiqishi ortidan Baran yonida olib yuradigan pichog‘i bilan sobiq xotinini pichoqladi. Bu haqda "togri.uz" yozmoqda.

O‘z qizini ko‘zi o‘ngida onasini pichoqladi

Emine Bulutni pichoqlashi ortidan Baran taksiga chiqib voqea joyidan qochib ketadi. Atrofdagilarning tez yordamni chaqirishi ortidan Emine Bulut va qizi shifoxonaga olib ketildi. Biroq shifokorlar ayolning hayotini saqlab qololmadi.

Fedai Baran voqea ortidan qo‘lga olindi. Sudda “farzandimiz haqida gaplashayotganimizda meni haqorat qilganidan keyin jahlim chiqib yonimda olib yuradigan pichog‘im bilan jarohatladim”, degan sobiq er.

“O‘lishni istamayman”

Emine Bulutning jarohat olishidan keyin olingan videotasvirlar tarqaldi.
Tasvirda tik oyoqda turishga qiynalayotgani ko‘rinib turgan Emine Bulut “o‘lishni istamayman” deya baqirayotgani aks etadi.

Qizi esa “oyijon, iltimos o‘lmang”, deya onasining boshini silayotgani va yig‘layotgani namoyon bo‘ladi.

 

Kiritildi: 13:17 23.08.2019. O'qildi: 4851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!