Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oybek uy-muzeyida adibning tavallud kuni nishonlandi

A A A
Oybek uy-muzeyida adibning tavallud kuni nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Oybek uy-muzeyida Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavallud topgan sana 10 yanvar munosabati bilan yozuvchilar, olimlar, adibning yaqinlari hamda Toshkent shahar maktab o‘quvchilari to‘planishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo Oybekning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida so‘zladi. Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov kelgusi yilda adibning 115 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Tanlangan asarlar to‘plami ustida ish boshlanganligini ta’kidladi. Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam Oybekka mustabid tuzum davrida ham o‘zligini yo‘qotmagan adib deb ta’rif berdi.

Maktab o‘quvchilari yaqinda Davlat dasturi asosida kapital ta’mirdan chiqqan uy-muzeyining ekspozisiyasi bilan tanishishdi.

Muzey direktori Oynur Toshmuhammedova o‘z so‘zida 2019-yilda muzeyda audiogidli sayyohatlarni tashkil etish, yangi texnik vositalar bilan jihozlanish rejalashtirilganligini ta’kidladi.

Manba: gujum.uz

Kiritildi: 00:30 13.01.2019. O'qildi: 1891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!