Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Oyatulloh Xominaiy kuchli bosim ostida qoldi

Oyatulloh Xominaiy kuchli bosim ostida qoldi

Oyatulloh Xominaiy kuchli bosim ostida qoldi — Reuters .

"Eron oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Hominaiy o‘zining 36 yillik boshqaruvi davridagi eng jiddiy inqiroz bilan yuzma-yuz turibdi. AQShning ehtimoliy havo zarbalari tahdidi kuchayar ekan, Tehron vakillari vaziyatni diplomatik muzokaralar orqali yumshatishga urinmoqda", deya xabar bermoqda agentlik.

Sanksiyalar tufayli og‘ir zarba olgan iqtisodiyot, ijtimoiy norozilik va qonli bostirilgan namoyishlar fonida mamlakat ichkarisida siyosiy keskinlik kuchaygan. Yanvar oyidagi ommaviy chiqishlar xavfsizlik kuchlari tomonidan qat’iy choralar bilan to‘xtatilgan. O‘tgan yili Isroil va AQSh zarbalari Eronning yadroviy va raketa ob’ektlariga jiddiy talafot yetkazgan edi.

2023 yil 7 oktyabr kuni Eron qo‘llovidagi HAMASning Isroilga hujumi ortidan boshlangan G‘azo urushi Tehronning mintaqaviy ta’sirini susaytirgan. Livandagi “Hizbulloh” zaiflashgan, Suriyada esa Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgan. Oqibatda Hominaiyning Yaqin Sharqdagi tayanchlari kamaygan.

Vashington Tehrondan ballistik raketalar arsenalidan voz kechishni talab qilmoqda. Eron esa buni "Isroil tahdidiga qarshi so‘nggi tiyib turuvchi vosita" deb biladi va bu masalani muhokama qilishdan bosh tortmoqda. Yadro dasturi borasida ayrim yon berishlarga ishora qilingan bo‘lsada, G‘arb va Isroil uni potensial qurol dasturi sifatida baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!