Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Oy missiyasi kechiktirilishi mumkin: "Artemis II" raketasida nosozlik aniqlandi

Oy missiyasi kechiktirilishi mumkin: "Artemis II" raketasida nosozlik aniqlandi

Amerikaning NASA kosmik agentligi sizib chiqish holati aniqlanganidan so‘ng, "Artemis II" raketasi va "Orion" kemasini uchish maydonchasidan yig‘ish sexiga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"RIA Novosti" xabariga ko‘ra, agentlik texnikani qaytarish bo‘yicha ehtimoliy qadamlar haqida bayonot bergan.

"NASA 'Artemis II' raketasi va 'Orion' kemasini yig‘ish sexiga qaytarish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda", — deyiladi xabarda.

Bu qaror dvigatelning oraliq kriogen bosqichida geliy oqimining buzilishi qayd etilganidan so‘ng qabul qilindi.

NASA vakillarining ta’kidlashicha, ushbu vaziyat "mart oyidagi uchish vaqtiga deyarli aniq ta’sir ko‘rsatadi".

Missiyaning uchirilishi 6 martga rejalashtirilgan edi.

Kiritildi: 23:23 21.02.2026. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!