Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilinishi mumkin

Ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilinishi mumkin

2025 yil uchun davlat dasturi loyihasida Ekologik partiya, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi va jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash maqsadida 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilish taklif etilmoqda.

✅ Bunda:

➖ moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi;

➖ ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida hududlarda o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;

➖ shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyasiyasini qayta tiklash maqsadida markaziy shaharlardan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda 2025 yildan boshlab, har yili 15 tonnadan kam bo‘lmagan chavoqlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 13:38. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!