Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki vise-prezidenti Yingming Yang bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasidagi hamkorlikning yuqori darajasi va tizimli xususiyatini qayd etdilar. Ta’kidlandiki, mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaldagi strategiya bankning ustuvor yo‘nalishlari bilan to‘liq uyg‘unlashgan, ayniqsa infratuzilmani rivojlantirish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va mintaqaviy integrasiya masalalarida.
So‘nggi yillarda turizm O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biriga aylandi: 95 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etildi, sayyohlar oqimi 2017 yildagi 2,7 milliondan 2025 yilda 11,7 millionga yetdi. 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan qisqa muddatli dastur doirasida 40 mingta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan, shuningdek, uzoq muddatli "Tourism Vision 2040" strategiyasi amalga oshirilmoqda.
Kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
— turistlar oqimini uzluksiz ta’minlash maqsadida chegara infratuzilmasini modernizasiya qilish va jarayonlarni raqamlashtirish;
— Samarqandda joylashgan "UN Tourism" tashkilotining “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisini mintaqaviy muvofiqlashtirish va targ‘ibot platformasi sifatida rivojlantirish;
— Ipak yo‘li turizm halqasi bo‘yicha hamkorlik taklif etildi.
Tomonlar loyihaviy hamkorlikdan yanada kompleks yondashuvga — barqaror va integrasiyalashgan mintaqaviy turizm ekotizimini shakllantirishga o‘tishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.