Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Otangga bor, onangga bor yoxud 11 ta xonadon qayerga suvga borsin?..

Otangga bor, onangga bor yoxud 11 ta xonadon qayerga suvga borsin?..

Andijon shahar “Buyuk turon” MFY 4-5-tor Toj maxal  ko‘chasining 11 ta xonadoni Andijon tumaniga yaqin joyda joylashgan. Ushbu xonadonlar ichimlik suvi muammosidan aziyat chekmoqda. Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xikmatillo Toshxodjayev ushbu muammoni o‘rganish maqsadida hududga bordi.

“Andijon suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limining ruhsati bilan Andijon tumani fuqarolari belgilangan tartibda suv tortib tarmoqqa ulangan. Tarmoq ushbu Toj mahal ko‘chasidan ham o‘tadi.

O‘tgan suv quvuriga ushbu 11 ta fuqaro ulanishiga ruhsat so‘ralganida “Andijon suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limi tomonidan hech qanday amaliy yordam berilmasligini bildirgan.

- Bir necha marotaba prezident portaliga qilingan murojaatlar e’tiborsiz qolib ketmoqda deydi fuqaro Mamajonova Shahnoza aya. Mahalla ahli hech bo‘lmasa ko‘chma ichimlik suvi bilan ta’minlanishini so‘rashganida ham amaliy natija bo‘lmayotganligi bildirildi. Fuqarolar nima qilishini bilmay sarson.

Suv – hayot manbayi. Har birimizga suv juda-juda zarur, bu tabiiy narsa. Ayniqsa xozirgi pandemiya davrida qo‘llarimizni tez-tez yuvib turishimiz zarur.  Biz mutasaddilardan amaliy ishlarning natijasini kutib qolamiz. Ushbu masala yuzasidan deputat “Andijon suv ta’minoti” MCHJ shahar bo‘limi detat so‘rovi yuborishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:38 12.08.2020. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!