Otabek Sattoriyning apellyasiya sudi sanasi belgilandi.
Ma’lumotga ko‘ra, sud shu yilning 29 iyun kuni soat 10.00da jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi tomonidan ko‘riladi.
Ma’lumot uchun: jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan bloger Otabek Sattoriy JKning 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish) va 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Sattoriyning advokati Umid Davlatovning apellyasiya ishini Suxondaryo viloyatidan boshqa viloyatga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnomasiga ko‘ra, ish Samarqand viloyatida ko‘rilishi belgilangan.